O‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev o‘zining germaniyalik murabbiyi Frits Zdunek o‘limi munosabati bilan hamdardlik izhor etdi, deb xabar bermoqda “Sport Ekspress”.
“Bunga ishonolmayapman, bunday qayg‘uni tasvirlab berishga so‘z ham topolmayapman. Yaqindagina biz birga mashg‘ulot o‘tkazgan edik. Frits nafaqat Germaniyadagi eng yaxshi murabbiy, balki ajoyib inson ham edi. O‘rnak uchun haqiqiy namuna edi. Men uni taniganimdan va u bilan birga ishlaganimdan faxrlanaman”, − dedi WBA versiyasi bo‘yicha sobiq jahon chempioni.
Eslatib o‘tamiz, 67 yoshida yurak hurujidan vafot etgan Zdunek Chagayevdan tashqari aka-uka Klichkolar, Feliks Shturm, Dariush Mixalchevski singari mashhur bokschilar bilan ishlagan.
Izoh (0)