O‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova Turkiyaning Istanbul shahrida davom etayotgan “Fyuchers” turkumidagi turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga chiqqan edi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Sabina Sharipova ushbu turnirning juftliklar musobaqasida bosh sovringa da’vogarlik qilmoqda.
Turkiyalik Basak Eraydin bilan ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Sabina to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak final bahsida kortga chiqdi. Sharipova va Eraydin qirg‘izistonlik Kseniya Palkina hamda germaniyalik Linda Prenkovich juftligidan 4:6, 6:1, tay-brekda esa 10:4 hisobida ustun keldi.
Endi ular final chiptasi uchun turnirning to‘rtinchi raqamli tandemi, turkiyalik tennischilar — Ayla Aksu hamda Ipek Soylu juftligi bilan hisob-kitob qiladi.
Izoh (0)