Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligining Bolalar kardiologiyasi va kardiojarrohligi bo‘yicha ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining o‘zaro kelishuvi asosida, yuragida tug‘ma nuqsonlarga ega besh nafar o‘zbekistonlik bemor bola Ukrainada bepul jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligiga tayanib, “Kun.uz” xabar beradi.
Qayd etilishicha, kelishuvni imzolagan tomonlarning har biri bemor bolalarning sog‘ayib ketishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Jumladan, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlarni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bazasida dastlabki tekshiruvlardan o‘tkazgan. “Sog‘lom avlod” fondi bemor bolalarni Ukrainaga olib boruvchilar (ota-onalari, yaqinlari) bilan bog‘liq masalalar, ularni Toshkent—Kiyev—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l chiptalari bilan ta’minlash kabi masalalarni hal qilgan. O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi bolalar kardiologiyasi bo‘yicha Ukrainadagi tibbiyot markazlari bilan kelishuv asosidagi barcha xarajatlar va boshqa tashkiliy masalalar bilan shug‘ullangan.
O‘zbekistonning turli viloyatlaridan bo‘lgan bemor bolalar jiddiy operatsiyadan so‘ng, O‘zbekistonga sog‘lom va xursand holda qaytdi. Ayni paytda ular Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xodimlari nazoratida parvarishlanmoqda.
Izoh (0)