O‘zbekistonda 2015-yil davomida Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha keng polosali tarmoqlarga chiqishni rivojlantirish bo‘yicha dastur amalga oshiriladi. Bu haqda “Infocom.uz”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ushbu dastur O‘zbekistonning har bir hududida Wi-Fi texnologiyasi asosida internetga kirish uchun sharoitlarni tashkil etish va rivojlantirishdan iborat.
Dasturga asosan, hududlardagi aeroportlar, vokzallar, sayyohlar ko‘p bo‘ladigan joylar, xiyobonlar, savdo markazlari va boshqa jamoat joylarida simsiz Wi-Fi texnologiyasi asosida internetga kirishni ommalashtirish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, 2015-yilda Xitoyning ko‘magi bilan O‘zbekistonda internet tezligini amalga oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)