Markaziy saylov komissiyasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, parlament quyi palatasiga saylov yakunlari ko‘rib chiqildi va saylov okruglarida hamda O‘zbekiston ekologik harakatining Konferensiyasida saylangan deputatlar ro‘yxatga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘rinbosari S. Artikova ma’lum qildi.
Yosh bo‘yicha 29 yoshgacha bo‘lganlardan 6 nafar, 30—39 yoshdagilardan 39 nafar, 40—49 yoshdagilardan 44 kishi, 50 va undar katta yoshdagilar orasidan esa 39 nafar deputat saylandi.
Deputatlarning 43 nafari magistr, fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajalariga ega.
Deputatlar tarkibida o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, koreys millatlarining vakillari bor.
Saylangan 128 nafar deputatning 21 nafari xotin-qizlardir.
Deputatlarning 38 nafari oldingi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari bo‘lgan.
Izoh (0)