12-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida islomshunos olim Aydarbek Tulepovning – “Internetga in qurgan ‘o‘rgimchaklar’” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy sayti.
Dastlab, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi. So‘ngra, muallifning – “Internetga in qurgan ‘o‘rgimchaklar’” kitobi xususida to‘xtalib, asarning bugungi kun globallashuv jarayonida turli xil diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashishda va yoshlarimizni bunday ofatdan saqlab qolishda juda muhim manba ekanini takidlab o‘tdi.
Ushbu asar islomshunoslar, dinshunoslar, tadqiqotchi olimlar, ayniqsa talabalar uchun juda zaruriy qo‘llanma bo‘lgani, asarni yurtimizdagi barcha yoshdagi kishilar asosan, talabalar mukammal o‘qib, uqib olishlari lozimligini alohida aytib o‘tdi.
Tadbirda kirish so‘z bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur davom ettirdi. U kishi internetning ijobiy va salbiy oqibatlari, undan qanday foydalanish kerakligini va hozirgi kunda terrorchi guruhlarning fitnalaridan saqlanish hamda ularning kirdikorlaridan xabardor bo‘lish uchun “Internetga in qurgan ‘o‘rgimchaklar’” kitobini xar bir inson, xususan Respublikamizdagi barcha talaba yoshlar o‘qib o‘rganishlari lozimligini qayta-qayta takrorlab o‘tdilar.
So‘ngra, Toshkent islom universiteti rektori, professor R. Abdullayev so‘zga chiqib, muallifga ilmiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilagan holda, internetni qabohat quroli qilib olgan kimsalar soni benihoya ko‘pligi, u kimsalar internetdan o‘zlarining bo‘zg‘unchi g‘oyalari, botil etiqodlariga boshqalarni ergashtirish kabi yovuz maqsadlari yo‘lida foydalanib kelayotgani va bu tahdidlardan saqlanish uchun “Internetga in qurgan ‘o‘rgimchaklar’” kitobi barcha uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qilishini aytib o‘tdi.
Shuningdek tadbirda, Toshkent islom instituti talabalari ham ushbu asardagi ayrim g‘alamislarning internetdagi faoliyat uslubi, qing‘ir ishlari haqida ko‘rgazmali materiallar va “Zulmatdan nur izlab....” mavzusidagi videorolik orqali tadbir ishtirokchilariga bu asar haqida batafsil malumotlar berib o‘tishdi.
Tadbirda “Movarounnahr” nashriyoti xodimi Ilhom Marupov so‘zga chiqib, hozirgi axborot asrida juda ham xushyor va sergak bo‘lish lozimligi, terrorchi tashkilotlar zamonaviy vositalar, xususan, dunyo o‘rgimchak to‘ri deya etirof etilgan internet orqali ham faoliyat olib borayotganini takidlab, internetdan foydalanayotgan yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bu borada o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlari lozimligini aytib o‘tdi. Shunday ekan, radikal kayfiyatdagi yozuvlarning asl basharalarini tanish uchun, avvalo “Internetga in qurgan ‘o‘rgimchaklar’” kitobini o‘qish lozimligini takidlab o‘tdi.
Shu jumladan tadbirda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Abdurazzoq Yunusov, Toshkent islom universiteti prorektori professor Zohidjon Islomov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita masjidlar bo‘limi boshlig‘i Muhammadbobur Yo‘ldoshev, Ko‘kaldosh O‘MIBYu mudiri Homidjon Ishmatbekov, Toshkent islom universiteti magistranti Elyor Alimqulov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri Abdulhamid Tursunovlar so‘zga chiqib, dunyoning turli burchaklarida bo‘layotgan notinchliklar, u yerlarda minglab begunoh odamlarning talafot ko‘rayotgani va qurbon bo‘layotgani haqida gapirib o‘tishdi.
Ayniqsa, hozirgi axborot asrida juda ham xushyor va sergak bo‘lish kerakligi, sababi, terrorchi tashkilotlar faoliyatlari zamonaviy vositalar, xususan, internet orqali ham faollashib borayotganini ta’kidladilar. Va bunga qarshi kurashishda ushbu kitobning naqadar keng qamrovliligi, bugungi kunimizdagi dolzarb mavzularni o‘z ichiga olgani va talaba yoshlarimizga oq-u qorani tanish uchun ajoyib qo‘llanma bo‘lganligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tib, muallifga kelajakdagi ilmiy-ijodiy ishlarida ulkan zafarlar tiladilar.
Izoh (0)