Bugungi taomnomada — bananli non
Bananli non bizning odatlarimizga ko‘ra keks deb ataladi. U G‘arbda ancha an’anaviy pirogdir. Bunday turdagi piroglar kremsiz, o‘rtacha shirali va ko‘rinishidan nonga o‘xshash bo‘lganligi tufayli biz uchun noodatiydir. Biroq bananli nonning mazali va foydali ekanligining o‘zi uni yoqtirish uchun yetarli. Shuningdek uni tayyorlash ham unchalikk murakkab emas.
Ushbu pishiriqni tayyorlash uchun taxminan 1 soat-u 30 daqiqa vaqt va 17 030 so‘m talab etiladi.Zarur masalliqlar:
- 280 g un
- 200 g shakar
- 4 dona banan (800 g)
- 0,5 choy qoshiq razrixlitel (5 g)
- 0,5 choy qoshiq osh sodasi
- 0,5 choy qoshiq tuz
- 1 dona limon (150 g)
- 3 dona tuxum
- 125 g saryog‘
Tayyorlanishi:
1. 1 dona limonni siqib, suvini idishga solamiz. Limon po‘stlog‘ini mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib, uni ham qo‘shamiz. So‘ng bananni po‘stlog‘idan ajratib, solamiz va oddiy vilka bilan ezib, pyure holiga keltiramiz.2. Xona haroratida yumshagan saryog‘ni mikser yordamida oqarguniga qadar ko‘pirtiramiz, ustiga shakarni solib, yana 1 daqiqacha ko‘pirtirishda davom etamiz.
3. Saryog‘ va shakar aralashmasiga bananli pyureni solib, mikser bilan aralashtiramiz.
4. Alohida idishga 280 g un, 0,5 choy qoshiqdan tuz, razrixlitel va osh sodasini solib, aralashtiramiz. Uni suyuq massaga qo‘shamiz va mikserda aralashtiramiz.
5. Tayyor xamirni yog‘langan va un sepilgan formaga solamiz.
6. Bananli nonni 160 darajagacha qizdirilgan duxovkada 60—70 daqiqa davomida pishiramiz. Pishirish davomida har 20—25 daqiqada duxovka listini aylantirib turamiz. Tayyor bo‘lishiga 20 daqiqacha qolganida nonning ustini folga bilan yopamiz. Uning pishganini gugurt cho‘pi yordamida tekshirib ko‘rish mumkin: cho‘pni pirogga sanchib ko‘ramiz, cho‘p quruq chiqsa, u tayyor; xamir ilashib chiqsa, pishirishda davom etamiz.
Yoqimli ishtaha!
Ushbu pishiriqni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 24-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi “Kafe” qahvaxonasi va shaxsan bosh oshpaz Pavel Georganovga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida shokoladli muss tayyorlaymiz hamda boshqa pishiriqlar bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)