24-dekabr kuni Yaponiya bosh vazirligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlar Sindzo Abening bu lavozimga qayta saylanishi bilan yakunlandi. Bu haqda France Presse axborotiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Sindzo Abe quyi palataning 475 deputati o‘rtasida o‘tkazilgan saylovda 328 ovoz olgan holda g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Abe boshchilik qiladigan Liberal-demokratlar partiyasi 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament uchun umumxalq saylovlarida ham katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)