Rossiyaning Voronej viloyatidagi qishloqlardan birida 37 yoshli o‘g‘il kompyuter o‘yinlari o‘ynashiga halal bergani uchun o‘zining 63 yoshli onasini o‘ldirdi. Bu haqda LifeNews axborotiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
22-dekabrga o‘tar kechasi ona kompyuter o‘yinlari o‘ynab o‘tirgan o‘g‘liga navbatdagi bor tanbeh berganida, o‘g‘il shartta qo‘liga pichoq olib, onasining beliga sanchib olgan.
Zarba shu qadar kuchli bo‘lganki, ayol jarohat natijasida bir necha daqiqa ichida vafot etgan. “Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan tergov qo‘zg‘atilgan. Erkak aybiga iqror bo‘ldi”, — dedi viloyat tergov qo‘mitasi vakili.
Izoh (0)