Qashqadaryo viloyatida 2009-yil jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining hukmiga asosan ayblanib, bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, ammo yengillik berish maqsadida viloyat sudining ajrimiga binoan unga nisbatan bir yil sinov muddati qo‘llanilgan yigit xatosini anglab yetmadi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.
1988-yilda tug‘ilgan yigit telefon orqali bir qiz bilan tanishib, ma’lum muddatdan so‘ng uni uchrashuvga taklif qildi. Shahardagi kafelardan birida belgilangan uchrashuvga yigit do‘sti, qiz esa dugonasi bilan tashrif buyurdi. Bazm-u jamshid spirtli ichimliklarga boy o‘tdi.
O‘tirishdan so‘ng, qizlarni uyiga kuzatib qo‘yish uchun Nexia avtomobilida yo‘lga tushgan yigitlar qizlarning dod solishiga qaramay, mashinani xilvat joyga haydab ketdi.
Ikki yigit o‘z shahvoniy hirsini qondirgach, qizlardan birining 700 AQSh dollari va Samsung rusumli uyali telefonini tortib oldi.
Ko‘rilgan tergov-surishtiruv choralari natijasida yigitlar sodir etgan jinoyati uchun tegishli qonuniy jazo oldi. Ular boshqargan Nexia esa jinoyat quroli sifatida davlat foydasiga musodara qilindi.
Izoh (0)