Osiyolik ishlab chiqaruvchilarning qimmat bo‘lmagan, biroq sifatli smartfonlari O‘zbekiston bozoriga kirib kelishda davom etmoqda. Bunday gadjetlarning navbatdagisi Xitoyning Elephone kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Elephone G6 smartfoni bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.
Elephone kompaniyasi smartfonlarining yangi seriyasiga mansub bo‘lgan G6 modelida 5 dyuymli 1280×720 piksel o‘lchamdagi IPS-displey, 1,7 GGs chastotaga ega sakkiz yadroli Mediatek MT6592 protsessori, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira, 2250 mA·soat quvvatga ega batareya, 2 megapikseli old va 13 megapikselli orqa kamera, Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan.
Bir yillik kafolat taqdim etiladigan smartfonga ikki SIM-karta o‘rnatish mumkin. Uskunada Bluetooth, Wi-Fi, 3G, GPS xizmatlari mavjud. Smartfonning orqa tarafiga esa barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Uni “Fleshka”dan 735 ming so‘mga xarid qilish mumkin.
Izoh (0)