Qozog‘iston parlamentining Majilisi “2000-yil 7-iyulda imzolangan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi fuqarolarning o‘zaro kelib-ketish shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kitish to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari tegishli bitimni 2014-yil 19-yanvar kuni Ostona shahrida imzolagan.
Turli xildagi daromad va foydadan olinadigan soliqlarni nazorat qiluvchi shartnoma ilovasida Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari uchun ikkala mamlakatga kirish, chiqish va bo‘lib turish uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati keltirilgan. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatga mamlakatda joriy qilingan yangi hujjat turlarini (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik turdagi pasporti va diplomatik pasporti, 16 yoshga yetmagan O‘zbekiston fuqarosining guvohnomasi, qaytish to‘g‘risidagi guvohnoma) kiritishni taklif qilgan.
Izoh (0)