Bugungi taomnomada — brauni
Brauni nima ekanligini yaxshi bilasiz. Biroq men haligacha uning pirojniy yoki pechenyeligini bila olmay xunobman. Shunday bo‘lsa ham u men uchun dunyodagi eng yaxshi pishiriqlardan biri. Quyida esa siz yegan eng mazali brauni retseptini o‘qishingiz mumkin.
Ushbu pishiriqni tayyorlash uchun taxminan 40 daqiqa vaqt va 29 915 so‘m talab etiladi.Zarur masalliqlar:
- 250 g un
- 500 g shakar
- 260 g saryog‘
- 5 dona tuxum
- 300 g shokolad (3 ta shokolad plitkasi)
- 50 g kakao kukuni
- 150 ml achchiq qilib damlangan qahva
- 1 paket vanilin
Tayyorlanishi:
1. Dastlab kekschalar uchun mo‘ljallangan formani yog‘lab olamiz.2. 500 g un va 50 g kakao kukunini elab, idishga solamiz. Boshqa idishga esa 300 g shokolad va 260 g saryog‘ni solib, plita yoki mikroto‘lqinli pechda eritamiz.
Alohida idishga 500 g shakar va 150 ml damlangan qahvani solamiz. Ustidan saryog‘ va shokolad aralashmasini quyamiz, vanilinni sepib, mikser yordamida aralashtiramiz. Ko‘pirtirish davomida 5 ta tuxumni navbatma-navbat qo‘shamiz.
3. Shundan so‘ng mikserni olib qo‘yamiz. Massaga un va kakao aralashmasini solib, kurakcha yordamida qorishtiramiz.
Tayyor xamirni yog‘langan formaga solamiz.
4. Braunilarni 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada taxminan 20 daqiqa davomida pishiramiz.
Brauni pishib chiqqach, uni albatta to‘liq sovitish lozim. Dasturxonga tortishdan avval esa uni mikroto‘lqinli pechda isitib olishni maslahat beramiz. Shunda u yanada shirali bo‘ladi.
Brauni tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu pishiriqni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 24-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi “Kafe” qahvaxonasi va shaxsan bosh oshpaz Pavel Georganovga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida bananli non va shokoladli muss tayyorlaymiz hamda ular bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)