2015-yilda Toshkentga yana 10 ta Hyundai rusumidagi tez yordam mashinalari keltiriladi, shuningdek Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqariladigan Isuzu tez yordam mashinalari ham olib kelinadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbari Baxtiyor Mamajonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Qayd etilishicha, bugungi kunda poytaxtda 138 ta tez yordam mashinalari faoliyat ko‘rsatmoqda. So‘nggi ikki yilda Hyundai rusumidagi 32 ta tez yordam mashinalari olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Janubiy Koreya hukumati shoshilinch tibbiy yordam xizmatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha loyihani ishlab chiqmoqda. Loyiha amalga oshirilishi uchun Koreya tomoni 3 million dollar ajratishi mumkinligi aytilgan. Loyiha doirasida shoshilinch tibbiy yordam xizmatining yagona dispetcherlik kommunikatsiya markazi tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)