“Daryo” nashri Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bilan boshlagan loyiha doirasida Yangi yil dasturxonini bezatish usullarining ba’zilarini namoyish etib boradi.
Bugungi dasturxonimizdan olma va quruq mevalar bilan pishirilgan tovuq, oshqovoq va brokkolili rostbif, seld balig‘i bilan “Shuba” salati hamda tunets balig‘idan kranch-salat o‘rin olgan.
Bundan tashqari, dasturxonga go‘shtli assorti va ichimliklar tortilgan.
Shuningdek, dasturxonga Yangi yil shukuhini berish maqsadida Qorbobo tasvirlangan suvenir va shamchalar bezak sifatida qo‘llanilgan.
Olma va quruq mevalar bilan pishirilgan tovuq, oshqovoq va brokkolili rostbif, seld balig‘i bilan “Shuba” salati hamda tunets balig‘idan kranch-salatning tayyorlanishi bilan ruknimizning avvalgi sonlarida batafsil tanishtirib o‘tganmiz.
Barcha yegulik va bezaklarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga berilgan.
Ruknimizning keyingi sonlarida olmali shtrudel va chizkeyk tayyorlaymiz hamda ular bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)