Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida ikki nafar noma’lum shaxs 19 va 23 yoshli ikki yigitning oldidan chiqib, ularning mobil telefonlarini tortib oldi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Jabrlanuvchilar ushbu voqea yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumondorlar qo‘lga olingan.
Zo‘ravonlar 19 va 24 yoshli yigitlar ekanligi aniqlangan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)