O‘zbek-Xitoy savdo uyi ikki mamlakat tadbirkorlari uchun hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirmoqda, deb xabar berdi UzDaily.
2014-yil so‘nggida O‘zbek-Xitoy savdo uyining dilerlik portfeli asfalt zavodlari va beton qoruvchi uskunalar yetkazib berishga ixtisoslashgan Zhengzhou DayuMachinery Co.,Ltd kompaniyasi bilan to‘ldirildi. Shunday qilib, 2015-yil yanvardan boshlab o‘zbekistonlik tadbirkorlar ushbu sanoat gigantiga Toshkentdagi ofisdan buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbek-Xitoy savdo uyining ishlab chiqarish uskunlari departamenti rahbari Mansur rahimovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shartnoma o‘zbekistonlik tadbirkorlarga xitoylik ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqa qilish imkonini beradi. U tadbirkorlar muassasa orqali Xitoyning o‘nlab yirik kompaniyalari uskunalarini ishlab chiqaruvchilarning o‘z narxlari asosida sotib olishlarini ta’kidalagan.
Eslatib o‘tamiz, 2006-yildan buyon faoliyat olib borayotgan O‘zbek-Xitoy savdo uyi Xitoydan turli darajadagi xomashyo va uskunalarni izlab, O‘zbekistonga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)