So‘nggi yillarda Navoiy viloyati ichki ishlar idoralari xodimlari va ularning oila a’zolariga zamon talablari asosida tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida vazirlik hamda uning quyi tizimlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Bu haqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi xabar beradi.
Jumladan, davolash-profilaktika muassasasida sanitariya-gigiyena qoidalarini talab darajasida tashkil etish hamda viloyat ichki ishlar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam saviyasini yanada yaxshilash maqsadida viloyat IIB tibbiyot bo‘limi hududida 12 o‘rinli kunduzgi statsionar davolash va fizioterapiya binosi qurib, foydalanishga topshirildi.
Bu yerda xodimlar salomatligini mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi kasbiy kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan turli zamonaviy jihozlar bilan birga fizioterapiya, muolaja, massaj, kunduzgi dam olish xonalari, shifokorlar uchun xona, shuningdek, ko‘plab zamonaviy tibbiy uskunalar mavjud.
Shifo maskanida bemorlarga ruhiy quvvat bag‘ishlash, ularning tezroq tuzalib ketishini ta’minlash maqsadida obodonchilik, sanitariya-gigiyena ishlariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Izoh (0)