Kelasi yilda Toshkentda sakkizta turli tibbiyot obyektlari qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbari Baxtiyor Mamajonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2015-yilda poytaxtning Mirobod tumanida yangi oilaviy poliklinika quriladi. Yana 7 ta obyektda rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Bular: Birinchi shahar shifoxonasi, Perinatal markazining akusherlik bloki, Birinchi sil kasalliklari shifoxonasi, Ikkinchi sil kasalliklari shifoxonasi, Birinchi shahar bolalar shifoxonasi. Ushbu maqsadlar uchun 33,5 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Qayd etilishicha, hozirda Toshkentda 60 ta oilaviy poliklinika, 11 ta markaziy ko‘p tarmoqli shifoxona, 12 ta stomatologiya poliklinikasi, 21 ta dispanser, 7 ta tibbiyot markazi va bitta talabalar poliklinikasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)