Bugungi taomnomada — tunets balig‘idan kranch-salat
Ushbu salatni tayyorlash uchun taxminan 30 daqiqa vaqt va 27 290 so‘m talab etiladi.Zarur masalliqlar:
- 1 banka konservalangan tunets balig‘i
- 1 banka konservalangan qizil loviya
- 200 g cherri pomidori
- 0,5 bosh “Aysberg” karami
- 100 g Brotmeister javdari non
- 50 ml zaytun yog‘i
- 50 ml balzamli sirka
- tuz
- murch
Tayyorlanishi:
1. 0,5 bosh “Aysberg” karamini yirik-yirik qilib to‘g‘raymiz va katta idishga solamiz.2. Unga har biri to‘rt bo‘lakka bo‘lingan 200 g cherri pomidorlarini qo‘shamiz.
3. 100 g Brotmeister javdari nonini mayda to‘g‘rab, duxovkada quritib olamiz (quritilgan tayyor javdari nondan foydalanish ham mumkin). Uni ham idishga solamiz.
4. Ustidan 1 banka konservalangan qizil loviyani solamiz.
5. Salatga 1 banka konservalangan tunets balig‘ini ham qo‘shamiz.
6. Ustiga 50 millilitrdan zaytun yog‘i va balzamli sirka, ta’bga ko‘ra tuz va murch solamiz. Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiramiz.
7. Salatni likopga solib, fantaziyamizga ko‘ra bezatamiz.
Salat tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu salatni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi RomAntica restorani va shaxsan bosh oshpaz Shuhrat Islomovga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida olmali shtrudel va chizkeyk tayyorlaymiz hamda ular bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)