Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkentda Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishni istovchi o‘zbekistonliklar uchun yagona davlat imtihonini topshirish uchun maxsus markaz tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.

Arxiv. Foto: news.mail.ru

Arxiv. Foto: news.mail.ru
Elchining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bu Rossiyada ta’lim olishni istovchi yoshlar uchun jiddiy muammo tug‘dirmoqda. Shu sababdan, elchixona ushbu jarayonni yengillashtirish maqsadida qator yangi tashabbuslarni ishlab chiqayotgani ta’kidalangan.

“Joriy yilda o‘zbekistonliklar uchun 212 ta davlat stipendiyalari ajratildi, respublikaning Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil oluvchi fuqarolarining umumiy soni esa 12 mingdan oshadi. Biz ta’lim sohasidagi aloqalar jadalligini yanada oshirishni mo‘ljallayapmiz”, − dedi Tyurdenev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila: Qirg‘izistonda deputatlar maoshini zilzila qurbonlariga yordam uchun o‘tkazmoqchi
Dunyo
Bayden kelgusi prezidentlik sayloviga nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligi haqidagi savolga javob berdi
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi