Toshkent shahar Chilonzor tumani IIBga Qashqadaryodan kelgan, “Abu saxiy” savdo majmuasidagi do‘konlardan birida faoliyat yuritadigan sotuvchi ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.
Ma’lum bo‘lishicha, sotuvchining oldiga kelgan xaridorlardan biri unga tegishli ichida 4,5 million so‘m pul va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borildi. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax tumanida yashovchi ayol sodir etgani aniqlandi. Endi u qilmishi uchun qonun oldida javob beradi, deyiladi nashrda.
Izoh (0)