Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan ikki yosh yigit biror hunarning etagini tutmay, kech bo‘ldi deguncha ko‘chada yurishni odat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri.
Bir kuni ular gap talashib, janjallashib qoldi. Mushtlashuv jarayonida yigitlardan biri jahliga erk berib, ikkinchisining qorniga pichoq sanchdi.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi, jinoyatni sodir etgan yigit esa tergovga jalb etildi.
Izoh (0)