Toshkent viloyati Olmaliq shahridan bo‘lgan fuqaro shahar dehqon bozori hududida yurganida, uning yo‘lini noma’lum shaxs to‘sib chiqdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.
Fuqaroni qo‘rqitib, Nokia rusumli uyali telefoni va 50 ming so‘m pulini tortib olgan zo‘ravon darhol voqea joyidan yashirindi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari voqea tafsilotlari bilan tanishib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rdi. Tez orada ushbu jinoyatni sodir etgan Olmaliq shahridan bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)