Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonning Batinda shahrida yashovchi Xarpreyet Devin so‘nggi 11 yil davomida avtomobilini faqat orqa harakat bilan boshqarib kelgan, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.

https://www.youtube.com/watch?v=aox_4-JNed8

Devin o‘zining Fiat rusumli avtomobilini faqat orqa harakat uchun moslab olganini ma’lum qilgan. U uzatish qutisini butunlay o‘zgartirib, orqaga to‘rtta, oldinga esa bitta harakat darajasini hosil qilgan. Boshqa haydovchilarga uning kelayotganini bildirish uchun tez yordam mashinasi qo‘ng‘irog‘ini o‘rnatgan. Chiroqlar tizimini ham to‘liq almashtirgan. Rasmiylar unga hamma joyda orqaga harakatlanish imkonini beruvchi maxsus ruxsatnoma bergan.

Devinning so‘zlariga ko‘ra, bu fikr unga mashinasidagi harakat uzatuv tizimi ishdan chiqib qolgan vaqtda kelgan. Voqea shahar tashqarisida sodir bo‘lgani tufayli avtomobilni ta’mirlash imkoni bo‘lmagan, shuning uchun u ustaxonagacha mashinasini orqa harakat bilan boshqarib borishga qaror qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi