Nyu-Yorkning Bruklin hududida 28 yoshli afro-amerikalik Ismoil Brinsli ikki nafar politsiyachini otib o‘ldirdi va o‘z joniga ham qasd qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
To‘pponcha bilan qurollangan jinoyatchi politsiyachilar o‘tirgan avomobil yoniga kelib, hech nima demasdan ularga qarata o‘t ochgan. Boshqa bir politsiya mashinasi yaqinlashayotganini ko‘rgach, u metroga qochib kirgan va o‘zini ham otib o‘ldirgan. Politsiyachilar og‘ir jarohat bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq ularning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.Qayd etilishicha, ushbu jinoyat afro-amerikaliklarni o‘ldirgan politsiyachilar javobgarlikka tortilmagani uchun qasos sifatida amalga oshirilgan. Qotillikdan oldin jinoyatchi ijtimoiy tarmoqlarda aynan shu haqida yozib qoldirgani aniqlangan.
Izoh (0)