Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov kutilmaganda jarohat oldi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Ma’lumotga ko‘ra, Abramov kuni kecha mashg‘ulotlardan birida o‘yinchilari bilan baravariga shug‘ullanib, chap oyog‘ini sindirib qo‘ygan.
Jarohat olgan Abramov darhol shifoxonga yetkazilgach, uning chap to‘pig‘iga shikast yetgani ma’lum bo‘ldi va darhol gipsga solindi. Jarohat jiddiy bo‘lishiga qaramay, Abramov bugun, 20-dekabr kuni ertalabdan qo‘ltiq tayoqlarda yana mashg‘ulotlarga kirishgan.
Vadim Abramovga jamoani yangi mavsumga tayyorlashda yordamchilari Marat Miftaxutdinov va Andrey Miklyayev yaqindan yordam bermoqda.
Hozirgi kunda jamoa bir necha yosh futbolchilarni o‘z ko‘rigidan o‘tkazib, kelasi yil bo‘lib o‘tadigan OChL va O‘zbekiston chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 27 dekabr kuni “Lokomotiv” Muborakning “Mash’al” klubi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi.
Izoh (0)