AQSh Kongressining tergov xizmati 2001-yil 11-sentabr voqealaridan 2014-yil sentabriga qadar Iroq va Afg‘onistonda olib borilgan harbiy harakatlarga oid ma’lumotlar keltirilgan bayonotni taqdim etdi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davr mobaynida Iroqda 4491 nafar AQSh fuqarosi halok bo‘lgan. 32 ming nafardan ziyodi jarohatlangan.
Afg‘onistondagi harakatlar natijasida 2356 nafar amerikalik qurbon bo‘lgan bo‘lsa, 20 ming kishidan ziyodi jarohat olgan.
Bundan tashqari, Iroq va Afg‘onistonda xizmat o‘tagan 128 mingdan ziyod amerikalik harbiyga kuchli stress natijasida jiddiy psixologik jarohat yetgan.
Izoh (0)