Ishbilarmon kishilarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda Yagona portalda “O‘zbekiston hududiga temir yo‘l transporti vositasida olib kirilayotgan yuklar to‘g‘risida ma’lumot olish” xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ma’lum qilingan
Mazkur xizmat tufayli Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar temir yo‘l transport vositalari − vagon va konteynerlar ro‘yxatdan o‘tgan bojxona postlari, shuningdek, yuklarning O‘zbekiston Respublikasi chegarasiga yetib kelishi va o‘tish muddati haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.
Izoh (0)