Jamoatchilik fikrini o‘rganish butunrossiya jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga binoan, rossiyaliklarning 30 foizi o‘z farzandlari va nevaralarining davlat xavfsizligi organlarida ishlashini xohlashi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
So‘rov ishtirokchilarining 62 foizi ushbu kasb jamiyatda hurmatga sazovor bo‘lishini, 49 foizi bu ezgu ish ekanligini, 46 foizi yuqori maosh olishini, 22 foizi yaxshi tanishlar orttirish mumkinligini, 20 foizi esa ko‘plab ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lishini ma’lum qilgan.
So‘rov ishtirokchilarining 17 foizi maxsus xizmat xodimlarini aqlli, 14 foizi sadoqatli, 8 foizi kuchli, 6 foizi jiddiy, 5 foizi Vatanni sevuvchi, 5 foizi jur’atli, 4 foizi adolatli va 4 foizi tartibli deb hisoblashi ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)