O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova bir necha yillardan buyon har yili qishning sovuq kunlarida “Istiqlol” san’at saroyida sog‘ingan va sog‘intirgan muxlislari uchun konsert dasturini havola etib keladi, deb xabar beradi xonandaning ma’muri Nodir Xon Nuriddinov.
Bu yil ham an’anani davom ettirgan holda Gulsanam Mamazoitova fevral oyining 9—14-sanalarida “Sizni sog‘indi yurak” nomli jonli ijrodagi bir-birini takrorlamaydigan taronalari bilan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
Konsert dasturi repertuaridan san’atkorning eng sara va hali hech qayerda kuylanmagan jonli ijrodagi yangi qo‘shiqlari joy olgan.
Izoh (0)