Toshkentda oilaviy komediya janridagi “Kuyovmisan, kuyov” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Popcorn.uz”ga asoslanib, “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Ancha vaqtdan buyon muxlislarning qiziqishiga sabab bo‘layotgan bu kartinaning premyerasini Lutfulla Sa’dullayev yosh ijodkor qiz bilan birga olib bordi.
Film Gulruh Yormatova hamda G‘aybulla Umarov ssenariysi asosida tasvirga olingan. Kinoning postanovkachi rejissyori Tal’at Mansurovdir.
Kartinada bosh rollarni Sherzod Bin, Sitora Olimjonova talqin etgan bo‘lsa, shuningdek, kinoda mahoratli va professional darajadagi aktyorlarimizdan Matyoqub Matchonov, Muyassar Berdiqulova, Tohir Saidovni ham ko‘rishingiz mumkin.
Izoh (0)