“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini takomillashtirish” loyihasi asosida 65 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirilib, qishloq joylarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
“Loyiha doirasida 8 million AQSh dollarilik rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, — dedi Taxiatosh suv tozalash inshooti rahbari Maqset Jumanov. — Natijada Taxiatosh shahri, Xo‘jayli, Shumanay, Qonliko‘l va Qo‘ng‘irot tumanlari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi yaxshilandi”.
Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda.
Izoh (0)