Butun O‘zbekiston bo‘ylab Yangi yil arafasidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda “Pravda Vostoka” gazetasi. Qayd etilishicha, bu yilgi yarmarka odatdagidan ko‘proq davom etadi − oxirgi kun 2-yanvarga belgilangan.
“O‘zulgurjisavdoinvest” tomonidan dekabr oyi boshidan jamg‘arilishi boshlangan oziq-ovqat mahsulotlari ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida 20 foizlik chegirmalar bilan sotiladi. 25-dekabrdan boshlab esa maxsus bayram pavilyon va rastalarida 30 foizlik chegirma joriy qilinadi.
Toshkentdagi eng yirik yarmarkalar “Navro‘z” va “Aviasozlar” bozorlari huzurida, shuningdek “O‘zko‘rgazmasavdo” binosi oldida ochilgan. Yarmarkada sotish uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bu yili 20 foizga oshirilgan.
Ushbu ko‘rsatkichni har yili oshirib borish Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2011-yil 7-aprel kuni qabul qilingan “2011−2015-yillar davomida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga binoan amalga oshirib kelinmoqda.
Izoh (0)