Toshkentdagi Gyote-Institut Nukus shahrida O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Oxus Culture mutaxassislari bilan hamkorlikda davlat sektori mutaxassislari uchun madaniyat sohasidagi menejment bo‘yicha seminar-treninglar tashkillashtirdi. Bu haqda Toshkentdagi Gyote-Instituti vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ushbu treninglarning asosiy maqsadi o‘zbekistonlik mutaxassislarni tajriba, qo‘shma loyihalarni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy metodalri bilan tanishtirishdan iborat edi.
Treninglar Oxus Culture’ning madaniyat sohasidagi malakali menejerlari − Husniddin Ato va Sardor G‘oziyev tomonidan o‘zbek tilida olib borildi.
Izoh (0)