“MTS” telekommunikatsion kompaniyasi bosh hissadori hisoblangan “Sistema” kompaniyasi rahbari Vladimir Yevtushenkov uy qamog‘idan chiqarildi. Bu haqda “TASS”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Bugun tergovchilar Vladimir Yevtushenkovga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqida qaror qabul qilishdi. Undan tergovchining oldiga kelish haqida tilxat olindi”, – deya qayd etdi manba.
Sud qaroriga ko‘ra, “Sistema” rahbari hisoblangan Vladimir Yevtushenkov 16-martga qadar uy qamog‘ida qoldirilgan, noyabr oyi o‘rtalarida uning advokatlari ushbu qaror ustidan shikoyat qilgandi.
Izoh (0)