15-dekabr tunda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining rasmiy sayti − www.uzlidep.uz sayti xorijdan xakerlar hujumiga uchradi. Natijada soat 20:00 dan keyin tungi 03:00 gacha ushbu sayt ishlamay qolgan. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu muammoni tezkorlik bilan bartaraf etishning uddasidan chiqilgan. Biroq 16-dekabr kuni partiya matbuot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘i xakerlar hujumiga uchrab, sahifa nomidan spam tarqatila boshlangan. Hozirga kelib ushbu muammo va uning oqibatlari ham bartaraf etilgan ma’lum qilingan.
Partiya matbuot xizmati rahbari Ulug‘bek Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, sayt interfeysi hujumga uchrashi bilan DataSite Technolgy kompaniyasiga murojaat qilingan. Kompaniya vakillari xakerlik hujumi Fransiya hududidagi IP manzilidan amalga oshirilganini aniqlagan va tez orada muammoni bartaraf qilgan.
Izoh (0)