Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman Ichki ishlar bo‘limiga 19 yoshli ikki yigit ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Na Postu” gazetasi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra noma’lum yigitlar jabrlanuvchilarning uyali telefonlarini tortib olib, qochib ketgan. Ular zo‘ravonlarning ko‘rinishlarini eslab qolganlari sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga jinoyatchilarni topish qiyinchilik tug‘dirmadi.
Gumondorlar − hech qayerda ishlamaydigan 24 va 22 yoshli shu tumanda yashovchi yigitlar qo‘lga olindi. O‘z qilmishlarini “shunchaki sho‘xlik” deb atagan jinoyatchilar endi bunga yarasha javob beradi.
Izoh (0)