Rossiya milliy valyutasi — rublning dollar va yevroga nisbatan keskin qadrsizlanishi Nyu-York birjasi savdolarida oltin narxining arzonlashuviga sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Xususan, bir unsiya oltin narxi 2 foizga arzonlashib, hozirgi vaqtda 1190,6 dollardan sotilmoqda.
Fevral oyi uchun oltin yetkazib berish narxi esa 1,2 foizga arzonlashib, bir unsiya uchun 1207,7 dollarni tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, jahon bozorlarida oltin narxining arzonlashuvi AQSh pul-kredit siyosatining qat’iylashuviga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)