2014-yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiston — Amerika assotsiatsiyasi prezidenti Abdulla Hojani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Turkiston — Amerika assotsiatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga 21-dekabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy xalq deputatlari Kengashlariga saylovlarni kuzatish uchun tashrif buyurgan.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Turkiston — Amerika assotsiatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlar masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)