Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari katta hajmdagi spam jo‘natmalar ko‘rinishida virus paydo bo‘lganidan nolimoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, foydalanuvchilarga do‘stlarining fotosuratlarida belgilangani to‘g‘risida bildirishnoma kelyapti. Tegishli havolaga o‘tilganda esa virus xuddi shunday bildirishnomalarni shu foydalanuvchi nomidan jo‘natishni boshlayapti.
Ma’lum qilinshicha, go‘yoki foydalanuvchi belgilangani qayd etilgan sahifani o‘chirib bo‘lmaydi. Mutaxassislar ushbu bildirishnomani umuman ochmaslikni va parollarni almashtirishni tavsiya qilmoqda.
Izoh (0)