O‘zbekistonda 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran mamlakatda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalari oshirildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Yangi stavkalar O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi” qarori orqali belgilangan. Hujjatga ko‘ra, 2015-yil 1-yanvardan etil spirtining 1 dekalitr tayyor mahsuloti uchun aksiz solig‘i 4,183 ming so‘m (+15%), tabiiy vinoning bir dekalitri uchun 5,767 ming so‘m (+5%) etib belgilandi.
Boshqa turdagi vinolarning 1 dekalitr tayyor mahsuloti uchun aksiz solig‘i 7,246 ming so‘m (+10%), konyak, aroq va boshqa o‘tkir alkogolli mahsulotlar uchun 37,605 ming so‘m (+15%), pivo uchun 4,106 ming so‘m (+15%) qilib belgilandi.
Izoh (0)