O‘zbekistonda 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran mobil aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamlaridan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori 600 so‘mdan 750 so‘mgacha oshiriladi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Bu O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 4-dekabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi” qarorida ko‘zda tutilgan.
Abonent raqami uchun to‘lov 2012-yil 1-yanvarda joriy etilgan. Dastlab har bir abonent raqami uchun to‘lov miqdori 400 so‘mga teng edi. 2013-yil yanvarida ushbu miqdor 500 so‘mgacha, 2014 yilda esa 600 so‘mgacha oshirilgan edi.
Ushbu mablag‘ning 70 foizi O‘zbekison Davlat byudjetiga, 30 foizi esa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan investitsion loyiha va dasturlarda maqsadli ravishda foydalanish uchun, Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasiga yo‘naltiriladi.
Izoh (0)