Namangan viloyatida muqaddam sudlangan shaxs boshqa bir fuqaroga tahdid qilish va avtomobil o‘g‘irlashda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda “Na postu” gazetasiga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi muqaddam sudlangan 21 yoshli shaxs Nexia rusumli avtomobilni to‘xtatgan va uning yosh bo‘lmagan haydovchisidan manzilga eltib qo‘yishni so‘ragan.
Avtomobil kimsasiz joyga yetganida esa muqaddam sudlangan shaxs haydovchini tahdid bilan mashinadan tushirib yuborgan va o‘zi boshqaruvni qo‘lga olib, hodisa joyidan ketgan.
“Jabrlanuvchi yuz bergan holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan va huquq-tartibot xodimlari jinoyatchini tezda qo‘lga tushirishgan. Endi 21 yoshli shaxs yana sud qarshisida javob beradi”, – deyiladi gazeta xabarda.
Izoh (0)