Xitoy sudi 1996-yilda qatl etilgan yigitni aybsiz deb topdi va adolatsiz ayblangan shaxsning ota-onasidan kechirim so‘radi, deb xabar bermoqda South China Morning Post gazetasi.
Qatl etilgan yigitning ismi Xuugji bo‘lib, u bir ayolni zo‘rlaganlikda va o‘ldirganlikda ayblanib qatl etilgan. Ichki Mo‘g‘uliston muxtor viloyati Oliy sudi 18 yildan keyin uni aybsiz deb topdi.
Aybsizlik dalili uning do‘sti Yan Fenning ko‘rsatmalariga asoslangan. Ular Xux-Xoto shahridagi umumiy hojatxonalardan biridan ayol kishi ovozi eshitilganda birga bo‘lgan. Yan Fen tinchgina o‘tib ketmoqchi bo‘lgan, lekin do‘sti ayolga yordam berishni istagan. Yan Fen qaytarishga urinsa-da, Xuugji bu haqda politsiyaga xabar bergan.
2005-yilda qo‘lga olingan seriyali qotilliklar va zo‘rlashlarni amalga oshirgan ChjaoChjixun o‘sha jinoyatni ham o‘zi qilganini tan olgan, biroq ish hozirga kelibgina qayta ko‘rib chiqildi. Xuugjining yaqinlari manfaatlarini himoya qilayotgan advokat ular uchun kompensatsiya to‘lanishiga erishishini ma’lum qilgan. Sud hamdardlik belgisi sifatida uning oilasiga 30 ming yuan (5 ming dollarga yaqin) ajratishga qaror qilgan.
Izoh (0)