Xitoyning eng ommabop mobil qurilamlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Xiaomi endilikda havoni tozalovchi qurilmalarni ham sota boshlaydi. Bu haqda TechCrunch xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Kompaniya Mi Air Purifier nomli havoni tozalash qurilmasini ishlab chiqardi va ushbu qurilma Xitoyda taxminan 150 dollardan sotiladi. Hozirda ushbu qurilmani oldindan buyurtma qilish boshlangan va 16-dekabrdan boshlab uni xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Bu qurilma bir daqiqada 10 000 litr havoni 99,99 foizgacha tozalab bera oladi. Bunday qurilma esa Xitoy kabi havosi ifloslangan davlatlar uchun foydali bo‘ladi, deb yozadi TechCrunch nashri.
Izoh (0)