“Real” jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu o‘z jamoadoshlariga jamoaning 2013/14-yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgani sharafiga 6,8 ming yevrolik soatlar sovg‘a qildi. Bu haqda Marca nashriga asoslangan “Kun”ga tayanib, “Uff.uz” xabar berdi.
Soatning orqa tomonida futbolchilarning nomi o‘yib yozilgan, siferblatida esa Madridning ushbu klubi Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan yillar yozilgan.
Ma’lumot uchun, “Real” jamoasi Yevropaning eng nufuzli musobaqasida 1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966, 1998, 2000, 2002 va 2014-yillarda g‘olib bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu joriy yilda FIFA tomonidan topshiriladigan “Oltin to‘p” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan uch futbolchidan biri hisoblanadi. Shuningdek, ushbu mukofotga Myunxenning “Bavariya” jamoasi darvozaboni Manuel Noyer va “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi ham da’vogarlik qilmoqda.
Izoh (0)