AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining deyarli televizor ko‘rmasligini, vaqti bo‘lsa, faqat sport yo‘nalishidagi ESPN telekanali dasturlarini ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kun” xabar bermoqda.
“Men har kuni ertalab ESPN kanalini kuzatish uchun vaqt ajrataman. Siyosiy xabar va tahlillar beradigan boshqa kanallarga esa vaqtim yo‘q, shundog‘am kun bo‘yi atrofimni juda ko‘p gapiradigan siyosatchilar o‘rab oladi. Men barcha o‘yinlarni tomosha qila olmayman, lekin, NBA (basketbol), Super Bowl (regbi) va World Series (beysbol) finallarini o‘tkazib yubormayman”, — dedi AQSh prezidenti ESPN Radio efiri orqali.
Ma’lumot uchun, ESPN (Entertainment and Sports Programming Network) telekanaliga 1979-yilda AQShning Konnektikut shtatida asos solingan bo‘lib, bugungi kunda bu telekanal deyarli barcha sport turlari bo‘yicha musobaqalarni jonli tarzda translyatsiya qiladi hamda o‘zini “Dunyo sport kanallarining lideri” deb ataydi.
Izoh (0)