Meksikalik kinoaktrisa Kankun — Mexiko yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan yo‘lovchi samolyotni boshqardi, deb xabar beradi “Kun”.
Samolyot uchuvchisi Meksikada mashhur bo‘lgan kinoaktrisa Esmeralda Ugaldening so‘roviga ko‘nib, unga bir necha soniya yo‘lovchi avialaynerini boshqarishga ruxsat berdi.
Samolyot bortida bo‘lgan 128 nafar yo‘lovchining hayoti xavf ostiga qo‘yildi. Agar kinoyulduz o‘zining samolyotni boshqarayotgan fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylamaganida, bu hodisa e’tibordan chetda qolishi va hech qanday oqibatlarga olib kelmasligi ham mumkin edi.
Biroq bu fotosuratlar katta g‘avg‘o ko‘tarilishiga va oxir-oqibat uchuvchining ishdan ketishiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)