Bugungi taomnomada — rukkolali salat
Ushbu taomni tayyorlash uchun taxminan 30 daqiqa vaqt va 13 460 so‘m talab etiladi.
Zarur masalliqlar
- 60 g cherri pomidori
- 100 g apelsin
- 100 g olma
- 100 g salat bargi
- 50 g rukkola
- 100 g mol go‘shti
- 50 g o‘simlik yog‘i
- 50 g zaytun yog‘i
- 50 g balzamik sirka
- tuz
- murch
- 10 g kunjut
Tayyorlanishi:
1. 60 g cherri pomidorlarining har birini to‘rt bo‘lakka bo‘lamiz.2. 100 g apelsinni tilim-tilim qilib kesib, po‘stini olib tashlaymiz.
3. 100 g olmani to‘rtburchak shaklida to‘g‘raymiz.
4. To‘g‘ralgan meva va sabzavotlarni idishga solamiz.
5. Ustidan yirik-yirik to‘g‘ralgan 100 g salat bargi va 50 g rukkolani solamiz.
6. 100 g mol go‘shtini mayda to‘graymiz va 50 g o‘simlik yog‘ida qovurib olamiz.
7. Pishgan mol go‘shtini meva va sabzavotlar bilan aralashtiramiz.
8. Ustiga 50 g zaytun yog‘i solamiz.
9. So‘ng 50 g balzamik sirka quyamiz.
10. Ta’bga ko‘ra tuz va murch solamiz.
11. Barchasini aralashtirib, likopga solamiz va 10 g kunjut bilan bezaymiz.
Salatimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu salatni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi Il Migliore restorani va shaxsan bosh oshpaz Usen Karsibayevga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida grilda pishirilgan tovuq soni, “Olivye” va “Vinegret” salatlarini tayyorlaymiz hamda ushbu taomlar bilan bayram dasturxonini bezaymiz.
Izoh (0)